Inkoterms 2010

Inkoterms 2010 – butun dunyodagi hukumat organlari, yuridik kompaniyalar va biznes vakillari tomonidan xalqaro savdoda eng ko’p qo’llaniladigan atamalarning talqini sifatida e’tirof etilgan xalqaro qoidalardir.

Uning amal qilish sohasi oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha taraflarning tovarlarni yetkazib berish (yetkazib berish shartlari) bobida huquq va majburiyatlariga tatbiq etiladi. Ular xalqaro savdo shartnomalarning muhim elementi hisoblanadi.

Inkoterms qoidalarida ishlatiladigan asosiy prinsiplar:

  • tovarlarni sotuvchidan xaridorga yetkazishdagi chiqimlar va xatarlarni tavsiflaydi, shuningdek, yuk ortish-tushurish ishlari, tovarlarni tashish, ularni sug’urtalash va bojxonada tozalash bo’yicha taraflarning majburiyatlarini tartibga soladi.
  • Yukning shikastlanish, yo’qotilishi va tasodifan nobud bo’lish risklarini sotuvchidan xaridorga o’tish pallasini belgilaydi.
  • Tovarni yetkazib berish sanasini belgilaydi, ya’ni, sotuvchi tovarni xaridorning yoki uning vakilining ihtiyoriga topshirish pallasini belgilaydi, masalan, transport tashkiloti, va shu yo’sin, tovarni yetkazib berish muddatidagi o’zining majburiyatlarini qaysi tomon birinchi bo’lib bajarishi yoki bajarmasligini aniqlab beradi.

 

Inkoterms 2010 ning har bir atamasi uch harfdan iborat abbreviatura bo’lib, undagi birinchi harf javobgarlikning sotuvchidan haridorga o’tish shartlarini ko’rsatadi:

  • E— jo’natish oldida (departure ingliz so’zidan),
  • F— asosiy tovar tashish terminallarida, asosiy yuk tashish haqi to’lanmagan (main carriage unpaid ingliz so’zidan).
  • C— asosiy yuk tashishning yetib kelish terminallarida, asosiy yuk tashish haqi to’langan (main carriage paid ingliz so’zidan).
  • D— hairdor yonigacha to’liq yetkazib berish (arrival ingliz so’zidan).

Inkoterms 2010 da 11 atama belgilangan, ularning 7 tasi asosiy yuk tashishning istalgan transport turiga ishlatiladi.

  1. EXW(inglizcha. ex worksfranko-sklad, franko-zavod): xaridor, tovarni shartnomada ko’rsatilgan ombordan oladi. Xaridor tovarni o’z ixtiyoriga o’tkazgan daqiqadan boshlab barcha xarajatlarni o’z zimmasiga oladi.
  1. FCAfreecarrier ingliz tilidan, franko-yuk tashuvchi): tovar asosiy yuk tashuvchiga shartnomada ko’rsatilgan jo’natilish terminaliga yetkazib beradi, eksport bojini sotuvchi qoplaydi.
  2. CPT(inglizcha. carriagepaid to…): sotuvi kеlishilgan manzilgacha fraxtni to’laydi. Xavf tovarni tashuvchiga bеrilgandag so’ng o’tadi. Istalgan transportning ko’rinishida qo’llaniladi, xatto aralash(har xil tansportda) tashishlarda. Bundan tashqari sotuvchi majburiyatlariga, olib chiqib kеtishda bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishni bajarish kiradi
  3. CIP(inglizcha. carriageand insurance paid to…): Sotuvchiga SRT tеrminidagi kabi o’sha majburiyatlar yuklatiladi, faqat minimal qoplanish shartida sug’urtalash qo’shimcha shart bo’ladi.
  4. DAT(inglizcha. deliveredat terminal): yukni shartnomada ko’rsatilgan import bojxona terminaligacha yetkazib berish haqi to’langan, ya’ni, asosiy yuk tashishni, eksport to’lovlarini va sug’urta xarajatlarini sotuvchi to’laydi, import bilan bog’liq bojxona tozaluvidan o’tkazish xarajatlari esa xaridor tomonidan qoplanadi.
  5. DAP(inglizcha. deliveredat point): shartnomada kelishilgan joyga yetkazib berish, import bojlarini va mahalliy soliqlarni xaridor o’z bo’yniga oladi.
  6. DDP(inglizcha. deliveredduty paid): yuk buyurtmachining shartnomada ko’rsatilgan joygacha yetkazib beriladi, shunda yuk, barcha bojlardan va risklardan tozalangan bo’ladi.

Undan tashqari, Inkoterms 2010 da faqat dengiz va territorial suvlarda yuk tashish transport vositalariga taaluqli yana 4 termin belgilangan:

  1. FOB(freeon board): yuk xaridorning kemasiga yuklab ortiriladi, yukni boshqa transportga ortish esa sotuvchi bo’yniga oladi.
  2. FAS(free alongside ship): yuk xaridorning kemasigacha yetkazib beriladi, shartnomada yuklanish porti ko’rsatiladi, yuq tushirishni va ortishni xaridor o’z bo’yniga oladi.
  3. CFR(costand freight): yuk shartnomada ko’rsatilgan xaridorning portigacha yetkazilib beriladi, asosiy yuk tashish sug’urtani, yuk tushirish va ortish xarajatlarini xaridor qoplaydi.
  4. CIF(Cost,Insurance and Freight): CFR bilan bir xil, lekin asosiy yuk tashish sug’urta xarajatlarini sotuvchi qoplaydi.