Kompaniya

“PBS IMPEX” kompaniyasi, bojxona hujjatlarini rasmiylashtiruvchi kompaniya sifatida 2008 yilda tashkil topgan.

Hozirgi kunga kelib, biz tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi kompaniya bo’lib, hususan, tashqi savdo kelishuvlarini tuzish ishlarida konsultatsiya qilish, logistika hizmatlari, sug’urta ishlari, bojxona hujjatlari to’g’ri  bo’lganidan so’ng, yukni buyurtmachining “uyigacha” yetkazib berish kabi ishlar bilan shug’ullanuvchi professional komandani tuzishga erishdik. Biz Tashqi Iqtisodiyot Faoliyati bilan bog’liq  bo’lgan barcha ishlaringizda, xarajatingizni va vaqtingizni minimal darajaga yetkazamiz.

Ko’p yillik ish faoliyatimizda, biz xilma-xil va har xil yo’nalishdagi yuklarni rasmiylashtirib keldik. Shu yo’sin, kompaniyamiz texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, texnik jixozlar, ivestitsion loyihalar orqali va ustav fondi hisobiga keluvchi  xom ashyo va qurilish materiallari kabi yuklarni rasmiylashtirish tajribasiga egamiz. Undan tashqari, kompaniyamiz, Eksport, Reimport, Reeksport, bojxona territoriyasining ichiga va tashqarisiga qaratilkgan Qayta Ishlash ishlarini, mamlakatimizga vaqtincha olib kirish va olib chiqish ishlarida ham katta tajribaga egadir va hokazo.

2014 yildan boshlab, kompaniyamiz tomonidan sertifikatlangan transport-ekspeditorlik hizmatlarini amalga oshirib kelmoqda. Yosh va istiqbolli komandamiz multimodal yuk tashishda, yuklarni bir joyga to’plashda, o’lchami standard bo’lmagan katta yuklarni tashishda, eksport va reeksport qiluvchi mamlakatlarda transport va tovar hujjatlarini rasmiylashtirishda va xilma-xil transport vositalarida yuk tashishni tashkil etish kabi ishlarni amalga oshirishda tajribaga egadir.

Undan tashqari, O’zbekiston bo’ylab kompaniyamizga tegishli yuk mashinalarda yuk tashish bo’yicha itsenziyalangan xizmatlarni amalga oshiramiz, hamda, Texnik Iqtisodiy Asos shartlariga asosan barcha yuk tashish ishlarini ham amalga oshiramiz.

Yuqori professionallik, katta obro’, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanishimiz, texnik tomondan jihozlanganligimiz, bozordagi vaziyatni yaxshi bilishimiz va har-bir faoliyatimiz sug’urta qilinishi, bularning barchasi, bo’ynimizga olgan barcha majburiyatlarni tezda bajarilishini va uning sifatini kafolatlashga yordam beradi. Bizga murojaat qilar ekansiz, kompaniyamiz har biringizga alohida yondashish bilan birgalikda, masalangizni tezda yechib berishni ta’minlaydi.